Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALAR QO‘ShMA MAJLIS O‘TKAZDILAR.
Gallery image 29823
Gallery image 29824
Gallery image 29825
Gallery image 29826
Gallery image 29827
Gallery image 29828
Gallery image 29829
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
21 Fev 2025
10:16

CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALAR QO‘ShMA MAJLIS O‘TKAZDILAR.

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” hamda “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

   Qo‘shma majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlarining axborot va hisobotlari tinglandi.

   Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar S.Axmedova, R.Fozilova, M.Mirsodiqov, A.Baxramov, E.Saidov, Sh.Botirov, O.Dadajonovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

   Qo‘shma majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.