Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
23 Sen 2026
17:18
18-BAND IJROSI: IMTIYOZLARDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Tavsiyalarning 18-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Gumbaz mahallasida o‘rganish olib borildi.
Jumladan, Binokorlar ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi M. Kenjayeva xonadonida bo‘lib, davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlardan foydalanish holati o‘rganildi.
🤝 Deputat fuqaro bilan suhbatlashib, uning huquq va manfaatlari, mavjud muammolari hamda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratdi.