Barcha yangiliklar
“YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI” KO‘RIK-TANLOVI
Gallery image 248826
Gallery image 248827
Gallery image 248828
Gallery image 248829
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
23 Sen 2026
16:34

“YILNING ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI” KO‘RIK-TANLOVI

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va axborot-kutubxona xizmatlarini takomillashtirish yo‘lida muhim tashabbus!

Toshkent shahridagi “Bilim” axborot-kutubxona markazida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining kasbiy mahorati, zamonaviy xizmat ko‘rsatish usullari hamda kitobxonlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📖 Deputat Mahmudova Donoxon Artikovna ham so‘zga chiqib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob fondini boyitish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa targ‘ibotini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kutubxonalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Bunday ko‘rik-tanlovlar soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.