Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 248779
Gallery image 248780
Gallery image 248781
Gallery image 248782
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
23 Sen 2026
16:14

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
🏘 Aholi xonadonma-xonadon o‘rganilmoqda


🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “G‘ambur” mahallasida xatlov ishlari olib borilmoqda.

🚶‍♂️ Xatlov jarayonida mahalla faoli bilan birgalikda xonadonma-xonadon yurib, aholining bandligi, daromad manbalari va mavjud imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

📋 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va ehtiyojlar qayd etilib, ularni hal etish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

📌 Maqsad — har bir xonadonning muammosi va imkoniyatini o‘rganish, aholi bandligi hamda farovonligini oshirishga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram |