Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 248750
Gallery image 248751
Gallery image 248752
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
23 Sen 2026
16:03

Kotib

“Navnihol” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani partiya tashkiloti raisi A.Sattorov tomonidan mahalla raisi, faol xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, mahallada ekologik madaniyatni shakllantirish hamda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Ekologiya va salomatlik ayollar klubi” faoliyati haqida ma’lumot berilib, klub doirasida turli ekologik va ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishga taklif etildi.

Uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikda ekologik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va xotin-qizlarning ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr almashildi.