Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 248637
RAXMATULLAYEV XONDAMIR INOMJON O‘G‘LI
23 Sen 2026
14:19

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida profilaktik tadbirlar jarayoni hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida mahallada osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

➡️Shuningdek, profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish, mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar va fuqarolar hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.