Barcha yangiliklar
Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
Gallery image 248453
Gallery image 248454
Gallery image 248455
Gallery image 248456
Gallery image 248457
Gallery image 248458
Gallery image 248459
Gallery image 248460
Gallery image 248461
Gallery image 248462
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
22 Sen 2026
09:58

Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam

Yangi o‘quv binosi — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva saylangan Nurafshon MFY hududidagi 25-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish doirasida amalga oshirilgan ishlar manzilli o‘rganildi.

Loyiha doirasida 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilib, maktab hududi to‘liq o‘rab chiqildi. Qurilish ishlari yakunlanib, yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
Obyektdagi amalga oshirilgan ishlar Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi Kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan o‘rganilib, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi, yaratilgan sharoitlar va bajarilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Ta’lim maskanining kengaytirilishi o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim sifatini oshirish va yosh avlodning zamonaviy bilim olishi uchun yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.

Bu kabi bunyodkorlik va yangilanishlar — ta’limga e’tibor, inson qadri va farovon hayotga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi, Yangi O‘zbekiston qiyofasining yana bir yorqin namunasidir.