Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Gallery image 248284
Gallery image 248285
Gallery image 248286
Gallery image 248287
Gallery image 248288
Gallery image 248289
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Sen 2026
09:09

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Termiz tuman Majburiy ijro byurosida byuro xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, tuman prokurorining o‘rinbosari S. Bekpo‘latov hamda tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva ishtirok etdi.

Davra suhbatida xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik, xolislik va halollik tamoyillariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, fuqarolar bilan ishlashda shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir yakunida byuro xodimlariga xizmat faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mas’uliyat va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.