Barcha yangiliklar
Fuqarolar muammo va takliflari o‘rganildi
Gallery image 248269
Gallery image 248270
Gallery image 248271
Gallery image 248272
Gallery image 248273
Gallery image 248274
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Sen 2026
09:07

Fuqarolar muammo va takliflari o‘rganildi

Fuqarolar muammo va takliflari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S. Jumayev bilan birgalikda M. Eshtemirov MFY hududidagi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning mavjud muammolari, murojaatlari va takliflari tinglandi. Aholining ijtimoiy, bandlik, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etish choralariga e’tibor qaratilib, tegishli masalalar bo‘yicha fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolar bilan bunday xonadonbay muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida davom ettiriladi.