Barcha yangiliklar
Mahallalarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
Gallery image 248264
Gallery image 248265
Gallery image 248266
Gallery image 248267
Gallery image 248268
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Sen 2026
09:06

Mahallalarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Mahallalarda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosi doirasida yagona ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar o‘rganildi.

Termiz tumani hokimi Shuxrat Kalandarov va tuman prokurori Yodgor Bozorov rahbarligida “Muhiddin Eshtemirov” mahallasida xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazilib, fuqarolarning muammolari tinglandi.

O‘rganishlarda ayrim oilalarning bandligini ta’minlash, farzandlarini bog‘cha va to‘garaklarga joylashtirish, davolanishi hamda zarur xarajatlarini qoplash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri, hudud deputati A. Avliyakulov ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari va muammolarini o‘rganishda faol qatnashdi.

Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.