Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA AHOLI FAROVONLIGINI YAXSHILASHGA DOIR ISHLAR JADAL SUR’ATLARDA OLIB BORILMOQDA
Gallery image 2442
Gallery image 2443
Gallery image 2444
Gallery image 2445
Gallery image 2446
Gallery image 2447
Gallery image 2448
Gallery image 2449
Gallery image 2450
Gallery image 2451
KARIMOV AVAZ AZIZDJANOVICH
14 Iyun 2023
12:57

MIROBOD TUMANIDA AHOLI FAROVONLIGINI YAXSHILASHGA DOIR ISHLAR JADAL SUR’ATLARDA OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi "Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda bir qator mahallalarda obodonlashtirish
ishlari olib borilmoqda.
 

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan qarorga muvofiq barcha moliyaviy
resusrslar jalb etilganligini ta’kidlab o’tamiz.
 

Xususan, bugungi kunda Mirobod tumani "Bilimdon" mahallasidagi uylar atrofida 4700 kv.m joyni asfaltlash ishlari amalga oshirildi.  

Ayni vaqtda Mirobod tumani “Zaminobod" mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda 

Shuningdek, Mirobod tumani “A. Avloniy” mahallasi 1 va 65-ko‘p qavatli uylarga tutash hudud, Mirobod dehqon bozori atrofi, “Navro‘z” mahallasidagi Sariko‘l ko‘chalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, trotuarlar qurilishi jarayoni yakunlanmoqda. 

Tumanda obodonlashtirish ishlari reja asosida davom etmoqda.