Barcha yangiliklar
XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 247831
Gallery image 247832
Gallery image 247833
Gallery image 247834
Gallery image 247835
Gallery image 247836
Gallery image 247837
Gallery image 247838
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
22 Sen 2026
17:30

XUSUSIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan “Registon” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, muassasaning moddiy-texnik bazasi, bino va inshootlarning texnik holati, guruh xonalari, sanitariya-gigiyena sharoitlari hamda tarbiyalanuvchilarni sifatli ovqatlantirish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bolalarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘yin va mashg‘ulot xonalarining jihozlanganligi, yong‘in xavfsizligi talablari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash va mavjud shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bolalar uchun xavfsiz, qulay va rivojlantiruvchi muhit yaratish — muhim vazifalardan biridir.