Barcha yangiliklar
OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 247715
Gallery image 247716
Gallery image 247717
Gallery image 247718
TO‘LAYEV ELDOR ZAFARITDIN O‘G‘LI
22 Sen 2026
16:41

OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan okrug hududidagi “Samsarak” MFYda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati joyiga chiqib o‘rganildi.
📊 “Samsarak” MFYda jami 2 648 nafar aholi istiqomat qiladi. Hozirgi kunda mahallada 43 ta xo‘jalik kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan.
🗣 O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan PF-193-son Prezident Farmoni bilan tanishilganligi hamda Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla yettiligi, nuroniylar va mahalla otinoyisi ishtirokida ishchi guruh tuzilganligi aniqlandi.
🗣 Ijtimoiy himoya yo‘nalishida 60 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunga qadar ushbu mablag‘ning 30 mln so‘mi o‘zlashtirilgan.
🗣 Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
·         40 ta barqaror ish o‘rni yaratildi;
·         25 ta kam ta’minlangan xo‘jalik tegishli ro‘yxatdan chiqarildi;
·        yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida subsidiya va imtiyozli kreditlardan foydalanish orqali 18 nafar yosh o‘zini o‘zi band qildi.
🗣 Mahallada kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbalarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Asosiy maqsad — kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularning bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish orqali oilalarni ehtiyojmandlikdan chiqarishdir.