Barcha yangiliklar
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
Gallery image 247677
Gallery image 247678
Gallery image 247679
Gallery image 247680
Gallery image 247681
Gallery image 247682
Gallery image 247683
Gallery image 247684
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
22 Sen 2026
16:14

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Xayrondara” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish va muloqotlar davomida mahalla hududida joylashgan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan:

Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar: Mashg‘ulot xonalari, ularning zamonaviy ko‘rgazmali va ta’limiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi;

Sog‘lom va xavfsiz muhit: Oshxona hamda gigiyena sharoitlarining belgilangan me’yorlarga mosligi, bolalarga taqdim etilayotgan taomlar sifati;

Moddiy-texnik baza va infratuzilma: Bino holati, isitish-sovitish tizimlari hamda bolalar maydonchalarining xavfsizlik va obodonlashtirish darajasi atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi va mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud masalalarni tezkor hal etish hamda bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish borasida takliflar tinglandi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar va ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida muvofiqlashtiruvchi chora-tadbirlar belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz