Barcha yangiliklar



OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
22 Sen 2026
16:12
PATRONAJ HAMSHIRA FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “O‘zbekiston” MFYga biriktirilgan patronaj hamshira tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida patronaj xizmatining faoliyati, aholi, xususan, ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
Shuningdek, mavjud masalalarni o‘rganish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.