Barcha yangiliklar
DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.
Gallery image 29627
Gallery image 29628
Gallery image 29629
Gallery image 29630
Gallery image 29631
Gallery image 29632
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
19 Fev 2025
10:29

DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI.

Xalq deputatlari Jondor tumani kengashi deputati Baxronjon Yusupov  “Ibn Sino” mahalla fuqarolari yig’ini Bo'stonobod qishlog'idagi 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi faoliyati bilan tanishdi. 

Deputat tomonidan maktabda issiqlik ta'minoti tizimi, sinf xonalarining holati hamda o'quvchilar davomadi o'rganildi. O'rganish jarayonida maktab jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda maktabda faollar zali yo'qligi hamda maktabga olib boruvchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yoʼlining asfaltlashtirish muammolari ko'tarildi. Ushbu muammolarni echimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat soʼrovi chiqarilib, natijasi yuzasidan maktab jamoasiga maʼlim qilinishini bildirdi