Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi
Gallery image 247607
Gallery image 247608
Gallery image 247609
Gallery image 247610
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
21 Sen 2026
00:00

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar Erkin MFY hududida joylashgan 2-oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida poliklinikaning isitish tizimi, mavsumga tayyorgarlik ishlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud kamchiliklar bilan tanishildi.

Mavsumni betalafot o‘tkazish va aholiga sifatli hamda uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.