Barcha yangiliklar
Kameralar o‘rnatilishi o‘rganildi
SHOVQIDDINOV MAFTUN SAYFUTDINOVICH
22 Sen 2026
15:29

Kameralar o‘rnatilishi o‘rganildi

Kameralar o‘rnatilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan Ko‘paki mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlash va hududda kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, kuzatuv kameralarining o‘rnatilishi mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mas’ullarga kameralarni belgilangan talablarga muvofiq o‘rnatish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.