Barcha yangiliklar
MAHALLA MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 247496
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Sen 2026
00:00

MAHALLA MASALALARI O‘RGANILDI

 24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Mustaqillik» MFY raisi bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalladagi mavjud holat, aholi murojaatlari, hududni obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Belgilangan vazifalar ijrosi deputat tomonidan nazorat qilib boriladi.