Barcha yangiliklar
MAHALLADAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 247490
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
17 Sen 2026
00:00

MAHALLADAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan «Yashnabod» MFY hokim yordamchisi bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda mavjud masalalar va ularni hal etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.