Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 247470
Gallery image 247471
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
22 Sen 2026
15:06

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 XONADONBAY O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining
4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova tomonidan “Qorabog‘” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹 O‘rganishlar davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilinmoqda;
🔹 aholining bandligi hamda mavjud daromad manbalari o‘rganilmoqda;
🔹 fuqarolarni qiynayotgan muammolar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanmoqda;
🔹 aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

🤝 Xonadonbay o‘rganishlarning asosiy maqsadi — fuqarolar muammolarini manzilli aniqlash, ularni hal etishga ko‘maklashish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni belgilashdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube