Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi va 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Gallery image 247442
Gallery image 247443
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
14 Sen 2026
00:00

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi va 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Avazbek Appaqov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishish chog‘ida kitobxon yoshlar bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida yoshlarga har tomonlama bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda doimiy ravishda o‘z ustida ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kelgusida o‘z kasbiga sadoqatli, bilimli va yuksak mas’uliyatga ega yetuk kadr bo‘lib kamol topish, faoliyat davomida korrupsiyaga oid holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Yoshlarning bilimli, halol va mas’uliyatli kadrlar sifatida shakllanishi jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.