Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi va 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Gallery image 247436
Gallery image 247437
Gallery image 247438
Gallery image 247439
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
14 Sen 2026
00:00

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi va 24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida markazda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, zamonaviy axborot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda yoshlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlar uchun qulayliklarni kengaytirish va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.