Barcha yangiliklar
SHAROITGA MUNOSIB JAVOB
Gallery image 247402
Gallery image 247403
Gallery image 247404
Gallery image 247405
Gallery image 247406
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Sen 2026
00:00

SHAROITGA MUNOSIB JAVOB

Andijon shahar 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ayniqsa, axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maktabda o‘quvchilar uchun turli kasb-hunar to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan IT va kompyuter yo‘nalishi yoshlar orasida alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

Andijon shahar hokimi, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E.Karimov maktabda bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularning IT sohasidagi bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar izchil davom ettirilmoqda.