Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI
Gallery image 29559
Gallery image 29560
Gallery image 29561
Gallery image 29562
Gallery image 29563
Gallery image 29564
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
20 Fev 2025
18:03

CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN NAZORAT TADBIRI O‘TKAZILDI

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son Qarorining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholining ichimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

   Doimiy komissiya raisi Abduvoxid Turdiboyev, komissiya a’zosi Elyorjon Saidov, “Toshkent suv ta’minoti” AJ Chinoz tumani filiali rahbarining qurlish bo‘yicha o‘rinbosari va boshqa mas’ullar bilan birgalikda tuman markazida oqova suv tarmog‘ini qurish ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilishi holatini ko‘rib chiqdilar.

   Nazorat tadbiri yakunida loyihani amalga oshirlayotgan qurilish pudrat tashkilotlari ish boshqaruvchilariga loyihada bajarilishi belgilangan ishlarni to‘liq va sifatli amalga oshirishlari hamda qurilish me’yorlari va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda olib borishlari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdilar.