Barcha yangiliklar

OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Sen 2026
00:00
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi muhokama qilindi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Madaniyat MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va turli loyihalarga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish va mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.