Barcha yangiliklar
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 247398
Gallery image 247399
Gallery image 247400
Gallery image 247401
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
11 Sen 2026
00:00

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Dildoraxon Rahmatullayeva Andijon davlat texnika institutida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ta’lim muassasasida amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.

Tashrif davomida institutdagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar olindi.

Deputatlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish, yoshlar uchun munosib sharoitlarni yanada yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida bildirilgan taklif va mulohazalar ko‘rildi.