Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati
Gallery image 247282
Gallery image 247283
Gallery image 247284
Gallery image 247285
Gallery image 247286
Gallery image 247287
Gallery image 247288
Gallery image 247289
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
22 Sen 2026
11:59

#Deputat_faoliyati

“Bog‘zor” va “Sortepa” mahallalari xotin-qizlar faoli Jamila To‘laganova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Jalolova hamda hudud deputati N. Muxiddinovaga biriktirilgan tuman kotibiyati mudiri G. Tursunova ishtirokida o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

♻️Jumladan, ehtiyojmand va ishsiz xotin-qizlarni aniqlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda mavjud muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.