Barcha yangiliklar
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Gallery image 247139
Gallery image 247140
Gallery image 247141
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
22 Sen 2026
09:30

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda komissiya raisi o‘rinbosari, deputat Bozorov Isroil Ochildiyevichlar tomonidan tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib-terib olish, xususan, paxta yig‘im-terimi mavsumining borishi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida dalalarda terim ishlarining tashkil etilishi, texnikalar unumdorligi hamda terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz