Barcha yangiliklar
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 246908
Gallery image 246909
Gallery image 246910
Gallery image 246911
Gallery image 246912
Gallery image 246913
Gallery image 246914
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
21 Sen 2026
18:21

🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Navgadi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklarining holati, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi, obodonlashtirilganligi hamda tungi vaqtda hududlarning yoritilishiga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ichki yo‘laklar va umumiy foydalanish hududlarini obod saqlash, mavjud yoritish tizimlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
➡️O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar atrofida tozalik va obodonlikni ta’minlash hamda hududlarni yoritish holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
➡️Bu kabi o‘rganishlar aholi uchun munosib, obod va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.