Barcha yangiliklar
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
Gallery image 246890
Gallery image 246891
Gallery image 246892
Gallery image 246893
Gallery image 246894
Gallery image 246895
Gallery image 246896
Gallery image 246897
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
21 Sen 2026
18:19

🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda

🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda

🔵Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Tinchlik mahallasidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilish holati o‘rganildi.
🔵O‘rganish jarayonida maktabda o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xonaning holati hamda zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasiga e’tibor qaratildi.
🔵Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan muloqot qilindi.
🔵O‘rganish yakunida o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.