Barcha yangiliklar
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
Gallery image 246882
Gallery image 246883
Gallery image 246884
Gallery image 246885
Gallery image 246886
Gallery image 246887
Gallery image 246888
Gallery image 246889
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
21 Sen 2026
18:18

🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi

🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Tinchlik mahallasidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish davomida maktabda xalqaro ta’lim dasturi asosida Hindiston va Xitoy davlatlaridan tashrif buyurgan pedagoglarning faoliyati, ular tomonidan o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayoni hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, xorijiy mutaxassislarning ilg‘or tajribasini mahalliy ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quvchilarning xorijiy tillar va zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
🔹O‘rganish yakunida ta’lim muassasasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy pedagoglar tajribasidan samarali foydalanish va o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.