Barcha yangiliklar
Saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Gallery image 246760
Gallery image 246761
Gallery image 246762
Gallery image 246763
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
21 Sen 2026
17:15

Saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Qorasuv saylov okrugida tuman Kengashi deputati Sh.Sodiqov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hudud aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirish bilan bog‘liq takliflar muhokama qilindi.
Deputatlar saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish va murojaatlarning ijrosini nazoratga olishlarini ta’kidladilar.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududdagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.