Barcha yangiliklar
178-SONLI MAKTABDA ISITISH TIZIMINING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 246718
Gallery image 246719
Gallery image 246720
Gallery image 246721
Gallery image 246722
Gallery image 246723
Gallery image 246724
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
21 Sen 2026
16:58

178-SONLI MAKTABDA ISITISH TIZIMINING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan «Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 11-bandi doirasida, 178-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning issiqlik ta’minoti tizimi, issiqlik quvurlari, quvur liniyalarining issiqlik izolyatsiyasi, armatura va yopish-boshqarish moslamalari hamda issiqlik uzatish jarayonining texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, issiqlik quvurlarida qo‘llanilgan izolyatsiya materiallarining holati, quvurlarning texnik sozligi va isitish tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan texnik kamchiliklarni bartaraf etish, issiqlik tarmog‘ini ta’mirlash va izolyatsiya holatini yaxshilash bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Asosiy maqsad — maktabda o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay harorat sharoitlarini yaratish hamda isitish tizimining xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash.