Barcha yangiliklar
GAVHAR MFYDA VORKAUT VA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 246709
Gallery image 246710
Gallery image 246711
Gallery image 246712
Gallery image 246713
Gallery image 246714
Gallery image 246715
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
21 Sen 2026
16:54

GAVHAR MFYDA VORKAUT VA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 14-Gavhar saylov okrugi deputati, O‘zXDP a’zosi Ahmedov Shuhrat Murotovich tomonidan Gavhar MFY 1-uy oldida joylashgan vorkaut va bolalar maydonchasida ayni paytda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlarining qanday sifatda va qay darajada amalga oshirilayotgani, bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda maydoncha jihozlarining xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan ta’mirlash jarayonining sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi va bolalar hamda aholi uchun xavfsiz sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida mazkur ishlar nazoratga olindi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, obodonlashtirish talablariga rioya qilish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.