Barcha yangiliklar
SARIOSIYO MAHALLASIDA YANGI KO‘PRIK QURILMOQDA
Gallery image 246684
Gallery image 246685
Gallery image 246686
Gallery image 246687
Gallery image 246688
Gallery image 246689
Gallery image 246690
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
21 Sen 2026
16:27

SARIOSIYO MAHALLASIDA YANGI KO‘PRIK QURILMOQDA

 SARIOSIYO MAHALLASIDA YANGI KO‘PRIK QURILMOQDA

#Boysun_tumani
#Sariosiyo_mahallasi
#Infratuzilma

✅ Boysun tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xalq depuatatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda tuman Kengashi deputatlari ushbu ishlarni o'rgandi.

✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026 yil 3 martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur asosida Sariosiyo mahallasida ham qator infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.

✅ Jumladan, Sariosiyo mahallasi bo‘yicha ko‘prikni ta’mirlash ishlari ham alohida vazifa sifatida belgilangan. Ayni paytda mahallada ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar olib borilmoqda.

✅ Shuningdek, mahallada ariqlarni betonlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda asfalt yotqizish kabi infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar ham belgilangan.

✅ Mazkur ishlar mahallada yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

✍ Sariosiyo mahallasida belgilangan infratuzilmaviy loyihalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mahalla qiyofasini yaxshilash bilan bir qatorda, aholining kundalik hayotidagi qulayliklarni yanada oshirishga xizmat qiladi.