Barcha yangiliklar
Ta’limga mas’uliyat bilan yondashish — muhim vazifa
Gallery image 246620
Gallery image 246621
Gallery image 246622
Gallery image 246623
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
21 Sen 2026
16:04

Ta’limga mas’uliyat bilan yondashish — muhim vazifa

#Deputat_faoliyati
#Deputat_nazorati

❗️Ta’limga mas’uliyat bilan yondashish — muhim vazifa

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Sh.Mirzayev hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga ta’lim olishning ahamiyati, dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashish, sababsiz dars qoldirmaslik hamda maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli salbiy holatlarning oldini olish va ta’limga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.