Barcha yangiliklar
Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.
Gallery image 246611
Gallery image 246612
ABDUVAXIDOV SANJAR BULTAKOVICH
05 Avg 2026
15:55

Yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Jo‘raqulova Dilshoda Rustam qizi Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida hududda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilishi, piyodalar o‘tish joylari, yo‘l belgilari va svetoforlar holati, shuningdek, yo‘l-transport hodisalari ko‘p uchraydigan hududlardagi vaziyat ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅ Hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish borasidagi ishlar jamoatchilik nazoratida davom etadi.