Barcha yangiliklar
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 246559
Gallery image 246560
Gallery image 246561
Gallery image 246562
Gallery image 246563
Gallery image 246564
Gallery image 246565
Gallery image 246566
Gallery image 246567
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
21 Sen 2026
15:28

OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

 OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar
tomonidan Yangi Xayot mahallasidagi 4-son Oilaviy poliklinika faoliyati
o‘rganildi.
 

Muassasada 37 nafar tibbiyot xodimi 12 ming 280 nafar aholiga birlamchi
tibbiy-sanitariya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
 

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat
sifati, dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, tibbiy jihozlardan
foydalanish samaradorligi hamda muassasada yaratilgan shart-sharoitlar
atroflicha tahlil qilindi.
 

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati, aholi murojaatlarini
ko‘rib chiqish amaliyoti va xizmat ko‘rsatish madaniyati masalalariga ham
alohida e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish davomida poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib,
ularning tibbiy xizmat sifati yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va
murojaatlari tinglandi.
 

O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini
yanada oshirish, profilaktik ishlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha
tegishli vazifalar belgilab olindi.
 

Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar “Deputatning
ko‘chma o‘rganish daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan
mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.