Barcha yangiliklar
Obod mahalla — farovon hayotning mustahkam poydevori.
Gallery image 246517
Gallery image 246518
Gallery image 246519
Gallery image 246520
ABDUVAXIDOV SANJAR BULTAKOVICH
01 Avg 2026
15:10

Obod mahalla — farovon hayotning mustahkam poydevori.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Adolat” SDPdan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 8-«Obod» saylov okrugi deputati D. Chankaeva hamda “Mahalla 17 ligi” vakillari tashabbusi bilan «Birlik» mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla hududi obodonlashtirilib, ichki ko‘chalar va jamoat maskanlari tozalandi, ariq-zovurlar qazilib, daraxt va manzarali ko‘chatlarga parvarish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hududning sanitariya holatini yaxshilash va yanada fayzli ko‘rinishga keltirishga qaratilgan amaliy ishlar bajarildi.
Bunday xayrli tashabbuslar fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlab, mahallani yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lidagi ezgu sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.