Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 246508
Gallery image 246509
Gallery image 246510
Gallery image 246511
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
21 Sen 2026
14:41

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🛣 ASFALTLASHTIRISH ISHLARI JARAYONI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari G‘.Axmedov va E.Babayevlar tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida hududda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari jarayoni ko‘zdan kechirildi.

📍 O‘rganish davomida yo‘lning joriy holati, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.

🔎 Shuningdek, hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlashdan iborat.