Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 246500
Gallery image 246501
Gallery image 246502
Gallery image 246503
Gallery image 246504
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
21 Sen 2026
14:38

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR TAHLIL QILINDI

Ahillik mahallasida aholi turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K. Xakimova hamda tuman Mahallalar uyushmasi rahbari K. Ikromovlar ishtirokida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholining bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.