Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 246456
Gallery image 246457
Gallery image 246458
Gallery image 246459
Gallery image 246460
Gallery image 246461
Gallery image 246462
Gallery image 246463
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
21 Sen 2026
14:21

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📌 FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati — Oqoltin tuman hokimi Xusnitdin Suvonov tomonidan Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Unda 18 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

Murojaatlarda asosan kadastr, bandlik, moddiy yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.

Muloqot davomida har bir murojaatning amaliy yechimini ta’minlash, berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi. Fuqarolar murojaati e’tiborsiz qolmasligi, har bir masala bo‘yicha aniq natija bo‘lishi lozimligi qayd etildi.