Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 246447
Gallery image 246448
Gallery image 246449
Gallery image 246450
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
21 Sen 2026
14:20

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati – Oqoltin tumani hokimi X.Suvonov tomonidan Oqoltin tumani 3-son texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy e’tibori yoshlarning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalariga qaratildi.

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, ishga joylashish, kasbiy rivojlanish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdi.

Bildirilgan murojaat va takliflar tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.