Barcha yangiliklar
O‘QUV MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 246353
Gallery image 246354
Gallery image 246355
Gallery image 246356
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
21 Sen 2026
11:26

O‘QUV MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#162_ta_qonun_ijrosi
#24_ta_masala

❗️O‘QUV MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.To‘xtamishev “Abdurahmon akademiyasi” o‘quv markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida o‘quv markazida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaldagi ijrosi, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni zamonaviy bilimlarni egallashga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.