Barcha yangiliklar
Inson qadri uchun: “Shodlik” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!
Gallery image 246313
Gallery image 246314
Gallery image 246315
Gallery image 246316
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
19 Sen 2026
10:58

Inson qadri uchun: “Shodlik” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!


Davlatimiz rahbari huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Termiz shahrida oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy muhitni yaxshilash bo‘yicha manzilli ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev shahardagi mutasaddi rahbarlar hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda shahardagi “Shodlik” mahallasida bo‘lib, keng qamrovli o‘rganish tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tadbir davomida "Shodlik" mahallasida yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlar holatidan xabar oldi. Fuqarolarning yashash sharoiti, muammolari va takliflari mas’ullar ishtirokida joyida o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash hamda zaruriy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.