Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 246191
Gallery image 246192
Gallery image 246193
Gallery image 246194
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
21 Sen 2026
09:59

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
📍 MAHALLADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-“Sherobod” saylov okrugi deputati R.Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan “G‘ambur” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida mahalla hududida olib borilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

💧 Jumladan, hududda beton suv o‘tkazgich lotoklarini qurish ishlari o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi va ishlarning borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini deputatlik nazorati asosida o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube