Barcha yangiliklar
#DeputatFaoliyati #MurоjaatlarDaftari #24_ta_masala
Gallery image 246043
Gallery image 246044
Gallery image 246045
Gallery image 246046
Gallery image 246047
Gallery image 246048
Gallery image 246049
Gallery image 246050
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 Sen 2026
19:30

#DeputatFaoliyati #MurоjaatlarDaftari #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan “Xidirsho” mahallasida aholi bilan uyma-uy muloqot o‘tkazib, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganmoqda.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, ularga qonuniy va amaliy yechim topish choralari belgilandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli davlat tashkilotlari va mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

Bunday uchrashuv va o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish hamda fuqarolar bilan ochiq, samarali va ishonchli muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz