Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati #Paxta_yig‘im_terimi
Gallery image 246039
Gallery image 246029
Gallery image 246030
Gallery image 246031
Gallery image 246032
Gallery image 246033
Gallery image 246034
Gallery image 246035
Gallery image 246036
Gallery image 246037
Gallery image 246038
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 Sen 2026
19:26

#Deputat_faoliyati #Paxta_yig‘im_terimi

Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida amaliy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 8-“Botash” saylov okrugidan saylangan deputati Pardayev Bobir Saparovich tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputatlari hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar paxta dalalarida bo‘lib, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, sifatli va uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish jarayonida amaliy ishtirok etdilar.

🌿 Paxta — mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, mo‘l hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olishda har bir fuqaroning faolligi muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Deputatlarning bunday amaliy tadbirlardagi ishtiroki hududlarda mavjud masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, aholi va mehnatkashlar bilan yaqindan muloqot qilish hamda hudud rivojiga daxldor jarayonlarda faol ishtirok etishning amaliy ifodasidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz