Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #Chorvachilik
Gallery image 245993
Gallery image 245994
Gallery image 245995
Gallery image 245996
Gallery image 245997
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
19 Sen 2026
18:09

#Deputat_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi #Chorvachilik

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi hamda hududlarda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputat Qodirov Rasul Saydullayevich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida hududda chet eldan keltirilgan naslli chorva mollarini parvarish qilish hamda oziqlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida chorva mollarini saqlash sharoitlari, yem-xashak bazasi va veterinariya nazorati holatiga e’tibor qaratilib, tarmoqni yanada kengaytirish hamda mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz